Episodes
Monday Apr 29, 2024
42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar
Monday Apr 29, 2024
Monday Apr 29, 2024
Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo’lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun qilishi kerak bo'lgan va bo'lmagan harakatlar haqida fikr yuritdik. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolar, shu jumladan moliyaviy resurslarga bo'lgan imkoniyat va ularning bozor va davlat tomonidan taqsimoti haqida gaplashdik. Ushbu suhbatda tadbirkorlikning nazariyasi, ba'zi empirik xulosalar, keyslar va tadqiqodlar topilmalari bilan bo'lishdik.
Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app
Podkast yozilgan sana: 21 - Aprel 2024.
Thursday Apr 11, 2024
41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.
Thursday Apr 11, 2024
Thursday Apr 11, 2024
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik.
Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app
Podkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.
Friday Mar 01, 2024
Friday Mar 01, 2024
Ushbu epizodda uchta, lekin o'zaro bog'liq bo'lgan mavzular haqida suhbatlashdik va munozara qildik: 1) Nima uchun universitetlar shaharlar ichida bo'lishi kerak? 2) Xususiy universitetlar ko'payishi nima uchun yaxshi jarayon va ularning sifatiga kim yaxshiroq baho bera oladi? 3) Mehnat bozorida amaliyot o'tayotgan stajyorlar uchun ish beruvchilar maosh to'lashlari kerakmi yoki bepulga ishlashlari to'g'rimi? Ish beruvchi davlat bo'lsa yoki xususiy biznes bo'lsachi? Tinglang, tomosha qiling va albatta ulashing!
Podkast yozilgan sana: 22 - Fevral 2024.
Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app
Monday Feb 12, 2024
Monday Feb 12, 2024
Ushbu epizodda uchta dolzarb mavzu haqida suhbatlashdik. Proteksionizm haqida yana bir bor munozara qilishga majbur bo'ldik. Ushbu mavju g'arbda ham, O'zbekistonda ham kun tartibida turibdi. Bundan tashqari, oxirgi haftalarda o'zbekistonlik ishchilarga oid ijobiy yangiliklarga to'la bo'ldi - bir qancha mamlakatlarda o'zbekistonlik ishchilarga talab va kvotalar oshayotgani haqida, va umuman o'zbekistonlik fuqarolarga xorij mamlakatlari viza masalasi haqida ham suhbatlashdik. Epizod so'nggi qismida, yana bir og'riqli mavzu - yomonlashib borayotgan ekologiya, suv, havo sifati haqida aynan iqtisodiy nuqtai nazardan suhbatlashdik.
Podkast yozilgan sana: 5 - Fevral 2024.
Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-app
Friday Dec 08, 2023
Friday Dec 08, 2023
Bu safardagi podkastimizda, afsuski doim dolzarb boʻlib turadigan mavzu — avtohalokatlar haqida gaplashdik. Asosiy mulohaza yoʻl qoidalariga rioya qilmaydigan insonlarni ragʻbatlari haqida edi. Yaʼni, qanday qilib yoʻllarda avtohalokatlar va haydovchilarni ragʻbatlari bogʻliqligi haqida.
Aksar haydovchilar, yoʻl qoidalarini yaxshi bilishadi, lekin shunga qaramay sistematik ravishda buzib kelishadi. Demak muammo haydovchilar haydash guvohnomasini haydashni bilmasdan olishlarida emas, aksincha, bilib turib qoida buzishlarida. Muammo axborot yoʻqligida emas, amal yoʻqligida.
Oddiy misol: qizil chiroqda yurmaslik, piyodalarni oʻtkazib yuborish, yoki 120 km/soat tezlikda shahar ichida yurmaslik kerakligini bilmaydigan haydovchi yoʻq. Lekin nima uchun, shunday qoidabuzarliklar juda koʻp va ularni natijasida minglab vatandoshlarimiz halok boʻlishmoqda. Bu fojialarni qanday kamaytirish mumkin? Shu haqida bu podkastda fikr almashdik. Tinglang, fikr bering va bu muhim mavzuga befarq boʻlmang. Chunki yoʻllardagi oʻlimlar, haqiqatdan fojiaviy darajada.
Podkast yozilgan sana: 23 - Noyabr 2023
Tuesday Nov 07, 2023
37 - Immigratsiya - inson kapitalini oshirishga rag’bat
Tuesday Nov 07, 2023
Tuesday Nov 07, 2023
Ushbu sonda, istalgan mamlakatdan malakali insonlar chet elga vaqtincha yoki butunlay chiqib ketishlari nima uchun meynstrimda ko'pincha aytilganidek o'sha mamlakat uchun qo'rqinchli darajada muammo emasligi haqida suhbatlashdik. Suhbat asosida yaqinda chiqqan tadqiqot va avvalgi tadqiqotlar bo'ldi. Mavjud tadqiqotlarda asosan malakali insonlar chiqib ketishini aynan o'sha malakali insonlarga yoki mezbon mamlakatlarga ta'sirlari ko'rsatilgan. Bugungi suhbatda biz uning kengroq - immigratsiya jozibadorligi insonlarda ilm, malaka va hunarlarni o'zlashtirishga rag'bat beradi va natijada mahalliy ishchi bozorda malakali insonlar ko'payadi degan fikr haqida gaplashdik.
Tadqiqot nomi: "The IT Boom and Other Unintended Consequences of Chasing the American Dream", by Gaurav Khanna and Nicolas Morales
Podkast yozilgan sana: 16 — Oktyabr, 2023
Friday Sep 22, 2023
36 - Prezident bilan uchrashuv taassurotlari
Friday Sep 22, 2023
Friday Sep 22, 2023
Maxsus son.
Podkast yozilgan sana: 19 — Sentyabr, 2023
Friday Sep 01, 2023
35 - Kapital bozor turlari: ommaviy va xususiy (public vs private markets)
Friday Sep 01, 2023
Friday Sep 01, 2023
Ushbu epizodda avvalgi suhbatimizni davom ettirib, kattaroq mavzu haqiga suhbatlashdik. Ya’ni, kapital bozorning ikki turi - ommaviy va xususiy bozorlar (public and private markets), ularning farqi, funksiyalari, ikkala bozordagi kapitalning tadbirkorlarlikka o'rni, investorlarning kutilmalari haqida suhbatlashdik. Podkast davomida kapital bozorning mamlakat iqtisodiy o'sishga ta’siri, va kapital bozor qanday sharoitlarda rivojlanishi haqida ham suhbatlashdik.
Podkast yozilgan sana: 5 — Avgust, 2023
Monday Aug 14, 2023
Monday Aug 14, 2023
Bugungi epizodimiz qimmatli qog'ozlar bozori haqida bo'ldi. Fundamental tushunchalar - fond bozorida korxona aksiyasi qanday shakllanishi va narxi nimalarga qarab tebranishi haqida suhbatlashdik. Bozorda muhim funksiyani bajaradigan izlanuvchi/tadqiqotchi moliyaviy jurnalistlar va "short-seller" haqida ham suhbatlashdik. So'ng, individual aksiyalarni sotib olish kerakmi, bunday qaror chiqarishda ijtimoiy tarmoqlardagi inflyuenserlar maslahatiga tayanish kerakmi degan savollar atrofida munozara qildik. Birimizning ilmiy tadiqotimiz ham aynan shu mavzularga oid.
Aytgancha, biz podkastimizning to'rt yilligini nishonlayapmiz. Hammasi roppa-rosa to'rt yil oldin, avgust oyining boshlarida aynan shu binoda (Garvardda) boshlangan edi. Bugun aynan shu yerdan sizlar uchun yangi epizodni yozdik. 4 yil oldin biz faqat audio formatda va Telegramda boshlagan bo'lsak, keyin biz barcha audio platformalarda, hozir esa Youtubeda video formatdamiz. Shu davr mobaynida bizni tinglab va qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Tuesday Jul 25, 2023
33 - Suv tanqisligi. Yechim bormi?
Tuesday Jul 25, 2023
Tuesday Jul 25, 2023
Podkastimizning ushbu epizodi suv haqida. Nafaqat O'zbekistonda balki mintaqamizda suv, ayniqsa ichimlik suv masalasi juda dolzarb bo'lib bormoqda. Asosan iqtisodiy nuqtai nazardan muammo va yechimlar atrofida suhbatlashib, suvning taqchilligi, yetqazish jarayoni va iste'moldagi isrofi, taqsimlash va narxlash siyosatlari haqida ham gaplashdik. Podkast olingan sana: 18 — Iyul, 2023